<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 iz bilmagan koʻp narsalar bor,
 Qoʻp narsani bilmoq istaymiz.
 Aql yetmas ishlar qilamiz,
 Oddiy odamiylikni bilmaymiz.

[V2]
 Atom asri, kompyuter asri,
 Qilni qirq yorib tinmaymiz.
 Oyda ne borligin bilamiz
 Oddiy mehr nima bilmaymiz.

[V3]
 Yuguramiz yelamiz har kun
 Hayot qozonida qaynaymiz.
 Pul topamiz, boylik topamiz
 Xudo xohishi nima bilmaymiz

[V4]
 Biz bilmagan koʻp narsalar bor,
 Yigʻlab siqtab, toqat qilmaymiz
 Oʻtkazamiz umrni gʻamda
 Oddiy umr qadrin bilmaymiz.

[V5]
 Vaʼz oʻqiymiz...
 Bilimdonmiz biz,
 Biz zoʻrmiz, biz hech ham sinmaymiz.
 Past nazarda qaraymizu lek
 Donolik ne asli bilmaymiz.

[V6]
 Shu daraja tuban ketganmiz,
 Gunohni biz koʻzga ilmaymiz.
 Oʻlim tomon ildam boramiz
 Hayot nima aslo bilmaymiz.

[V7]
 Dindan dars beramiz baʼzan
 Urf-odatni aslo qoʻymaymiz.
 Haqman deymiz, Haqlik istaymiz
 Oddiy haqiqatni bilmaymiz.

[V8]
 Talashamiz, tortishamiz goh,
 Yonamizu, ammo soʻnmaymiz.
 Yolgʻonni chin deymiz tap tormay,
 Haqiqatga aslo koʻnmaymiz.

[V9]
 Biz bilmagan koʻp narsalar bor,
 Borligʻini inkor qilmaymiz.
 Xudo deymiz, Xudo bor deymiz
 Xudo qandayligin bilmaymiz.

[V10]
 Sanayversam adogʻi yoʻqdir,
 Qachon Xushxabarni tinglaymiz???
 Imonliman deymiz bong urib,
 Imon nimaligin bilmaymiz.</lyrics>
<title>Oddiy Haqiqatni</title>
<author>Ravshan Xizirov, Sobir Umurov</author>
</song>